Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya va amerikalik olimlar Orol dengini tarixini kuzatishdi, deb xabar berdi Nplus1.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Rossiya va amerikalik tadqiqotchilar sobiq Borsa kelmas hududidagi cho‘kindi jinslarini o‘rgangan. Tadqiqot ishlari 2009-yilda, hududdagi ko‘l suvi quriganidan ikki yil o‘tgach olib borilgan.

Olimlar chuqurligi 14,9 metr bo‘lgan tuynuk teshib, turli chuqurlikdagi ko‘l cho‘kindilaridan namunalar olib, ularni o‘rgangan. 10 metr chuqurlikdagi cho‘kindilar Orol paydo bo‘lgan davrga tegishliligi aniqlangan. Tadqiqotchilar ushbu organik qoldiqlarning kattaligi va tarkibini o‘rganib, paleontologik ma’lumotlarni to‘plagan va radiouglerodli tahlil o‘tkazgan.

Tahlillar natijasidan ma’lum bo‘lishicha, Orol dengizi 17,6 ming yil avval paydo bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, suvning asosiy manbalari, Terskey-Oltoy, Tyanshan va Pomir tog‘laridan erigan muzliklar bo‘lgan. Taxminan ikki ming yil o‘tgach unga daryo suvlari oqishi kamaygach, suvning sho‘rlik darajasi oshib ketgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Eldor Shomurodov Turin klubidan jiddiy taklif kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi xonadonlar buzilib, chegarani mustahkamlash obyektlari quriladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda