“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne “Real”ga o‘tishdan bosh tortdi. Bu haqda Don Balon xabar berdi.
Belgiyalik futbolchi “shaharliklar” safidagi faoliyatidan mamnun va jamoani tark etmoqchi emas. U “Qirollik klubi”dan tushgan taklifga rad javobini berdi.
De Bryuyne ushbu mavsumda Angliya premyer ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)