Samarqand shahrining Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi xonadonlarning birida 18-yanvar kuni qotillik yuz berdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Fuqaro S.A. uyida birga yashagan rasmiy nikoxsiz turmush o‘rtog‘i B.K. ismli ayol bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Shundan so‘ng ularning o‘rtalarida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Janjal vaqti S.A. ayolning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Natijada B.K. ismli ayol voqea joyida vafot etgan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.A. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)