18-yanvar kuni Yaponiya dengizi akvatoriyasida o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirish vaqtda havoda Su-34 samolyotlari to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Su-34 samolyotlaridan birining uchuvchisi qutqaruv plotida topilgan va qutqaruv vertolyoti bortiga chiqarib olingan. Yarim soat o‘tib esa ikkinchi uchuvchi topilgan.
“Har ikki uchuvchining ahvoli qoniqarli. Qidiruv-qutqaruv harakatlari og‘ir metreorologik sharoitlarda olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)