Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiya Federatsiyasi hududida hujjatsiz va mablag‘siz qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish ishlarini davom ettirmoqda, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
“15—17-yanvar kunlari ikkita reys bilan Moskvadan 60 nafar odam qaytarildi. Ushbu chora-tadbirlar boshlangandan buyon 253 kishi Vataniga qaytib keldi. Jami 1500 nafar odamni qaytarish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)