Shvetsiyada Shimoliy Koreya va AQShning yuqori martabali vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSh va KXDR vakillarining maxfiy uchrashuvi Stokgolm yaqinida bo‘lib o‘tmoqda.
Muzokaralarda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Margot Vallstremning ishtirok etayotgani xabar qilingan. Uchrashuv tafsilotlari hozircha noma’lum.
Izoh (0)