• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda tadbirkor sarson qilinmoqda. Tushunmovchilikmi yoki mas’uliyatsizlik?

    “Daryo”ga andijonlik tadbikordan murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra, Andijon viloyatida kredit mablag‘lari jalb qilingan holda ishga tushirilgan yangi korxona faoliyatiga ma’lum to‘siqlar bor. Aytilishicha, ba’zi tushunmovchiliklar, shuningdek, ayrim tashkilotlarning beparvoligi tufayli tadbirkor sudma-sud yurib, sarson bo‘lmoqda.

    “Daryo” so‘roviga binoan ushbu holatni o‘rganib chiqqan, barcha hujjatlar bilan tanishgan yurist Umid Asrorov o‘z xulosalarini keltiradi.

    Tortishilayotgan korxona loyihasi. Foto: “Daryo”

    Tortishilayotgan korxona loyihasi. Foto: “Daryo”

    Andijon shahrida tadbirkorlik faoliyatini yuritib, o‘ndan oshiq odamni ish bilan ta’minlagan “Yorboshi” tayyorlov ishlab chiqarish savdo xususiy korxonasi o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida yer olib, savdo majmuasini qurishni reja qilgan edi.

    Tadbirkor ushbu maqsadlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida yangi zamonaviy qushxona binosini qayta qurish va rekonstruksiya qilish uchun mahalliy bank filialidan ikki yillik imtiyozli davr bilan 1 milliard 500 million so‘m miqdorda kredit oldi.

    “Yorboshi” savdo xususiy korxonasi faqat kredit bilan cheklanib qolmasdan, zaxirasidagi shaxsiy mablag‘larini qo‘shib, Andijon shahrining markaziga yaqin tashlandiq hududda yangi majmua barpo qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bank va tadbirkor o‘rtasida imzolangan kredit shartnomasida imtiyoz davri 30.11.2015–25.04.2017 orasini tashkil etib, bu davr ichida faqat kredit uchun hisoblangan foizlar to‘lanishi lozim edi. Tadbirkor bu majburiyatlarni vaqtida bajarib keldi.

    2017-yilning o‘rtalariga kelib qurilish ishlari avjiga chiqqan bir paytda biroz moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkor kredit to‘lovlarini to‘lashni kechiktirishga majbur bo‘ldi.

    Kredit shartnomasining 4.4-bandida qayd etilgan talab bo‘yicha tadbirkor har bir kechiktirilgan kun uchun belgilangan miqdorlardagi penyalarni ham to‘lashi lozim edi. Hujjatlarga ko‘ra, bu penyalar to‘lab borilgan.

    Kredit qarzini kechiktirib to‘laganligidan vahimaga tushgan bank filiali qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritishda amaliy yordam so‘rab 4-avgust kuni Savdo-sanoat palatasining Andijon viloyat hududiy boshqarmasiga murojaat qildi.

    Palataning Andijon viloyat hududiy boshqarmasi “Yorboshi” korxonasining iqtisodiy holatini o‘rganmasdan, to‘lov imkoniyatlarini baholamasdan, Andijon viloyat iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritdi.

    E’tiborlisi, kredit shartnomasining amal qilish muddati 2020-yil 9-oktabrgacha etib belgilangan. Da’vo arizasida esa kreditning to‘liq summasini, ya’ni 1 milliard 500 million so‘mni undirish yoki undiruvni garov sifatida qo‘yilgan Andijon shahar Qo‘shariq ko‘chasi 4/v-manzilida joylashgan binoga qaratish so‘ralgan.

    Sud jarayonlari boshlanib ketgach, yuzaga kelgan vaziyat sabab emas, balki shartnomaviy majburiyat ekanligidan korxona kredit shartnomasi bo‘yicha barcha qarzdorlikni bartaraf etdi.

    Eng qiziq voqealar sudda bo‘lib o‘tdi.

    Qarzdorlik bartaraf etilgach, bank filiali Savdo-sanoat palatasi boshqarmasiga murojaat qilib, sudga da’vo arizasidan voz kechish bo‘yicha ariza kiritishda amaliy yordam so‘radi.

    O‘z navbatida, boshqarma darhol Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan chiqib, korxonaga nisbatan kiritilgan da’vodan voz kechilishi haqida ma’lum qildi va ishni yurituvdan to‘xtatishni so‘radi.

    Biroq taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilib, da’vogar talablaridan voz kechgan bo‘lishiga qaramay, 2017-yil 10-noyabr kuni Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi X. Mamarasulov ishni mazmunan ko‘rishda davom etib, korxonadan bank foydasiga 1 527 915 000 so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqardi.

    Qaror bilan undiruv korxonaga tegishli Andijon shahar Qo‘shariq ko‘chasi 4/v-manzilida joylashgan binoga qaratildi.

    Undan ham achinarlisi, shundoq ham moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan tadbirkorning bo‘yniga yana 15 000 000 so‘m davlat boji yuklandi.

    Qiziq tomoni, bu hal qiluv qaroridan xususiy korxona ham, Savdo sanoat palatasi boshqarmasi ham, hatto bank ham hayratda.

    To‘g‘ri, amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, da’vodan voz kechish qonun hujjatlariga zid bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, sud buni qabul qilmaslik va ishni mazmunan ko‘rishni davom ettirish huquqiga ega.

    Biroq sud ishni ko‘rishda tadbirkorning keyingi taqdirini o‘ylashi hamda uning tavakkalchilikka asoslangan faoliyatini yengillashtirishga qaratilgan choralarni ko‘rish mumkin bo‘lgan natijalar beruvchi qaror ham chiqarishi mumkin edi.

    Ayni damda ishni Oliy sud ko‘rib chiqmoqda. 9-yanvar kuni birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. E’tirof etish joiz, Oliy sud ishni adolatli, betaraf ko‘rib chiqmoqda, qandaydir bosim yoki tarafkashlik holatlariga yo‘l qo‘yilgani yo‘q.

    Darvoqe, oldinroq ham tadbirkorning boshiga shunga o‘xshagan tashvish tushgandi. Yuqoridagi keltirilgan voqealar hali hammasi emas. Korxonaga Qo‘shariq mahallasidan teri mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish va go‘sht mahsulotlarini sotish, savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini qurish uchun 2015-yilda ajratib berilgan yer maydoni, bozor qiymati qariyb 7–8 milliard (shundan 1,5 milliard so‘mi yuqoridagi bank krediti) so‘m sarflanib, qurilish ishlari bajarilgandan so‘ng hech bir sababsiz tuman hokimligi tomonidan olib qo‘yilgan edi. Surishtiruvlar hamda tortishuvlardan so‘ng yer qaytarib berilgan edi. Bu ish ham Oliy sud tomonidan adolatli hal qilinishiga, mamlakatimizning odil sudlov tizimi mutasaddilari tadbirkor faoliyatini rivojlantirishga yordam beradigan qaror chiqarishiga ishonib qolamiz.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    16.01.2019, 11:45   Izoh (0)   20316
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.