Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

RF Federatsiya Kengashi Xalqaro ishlar qo‘mitasi a’zosi Sergey Sekov Ukrainaning BMT Xavfsizlik Kengashidagi veto huquqini bosqichma-bosqich bekor qilish tashabbusi bilan chiqishini sharhlar ekan, bu bilan Kiyev o‘zining ahamiyatini namoyish etishga urunayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Senator ilgari ham Ukraina Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi ishlariga aloqador bo‘lgan turli takliflarni ilgari surganini eslatdi. “Tabiiyki, bunga hech kim quloq solmagan”, — deydi Sekov.

Davlat Dumasi deputati Viktor Vodolatskiy, o‘z navbatida, Ukraina vakillarining bunday bayonotlari AQSh Davlat Departamenti topshirig‘i bilan Rossiyani obro‘sizlantirish maqsadida amalga oshirilayotganligiga ishonadi.

Avvalroq, Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Vladimir Yelchenko Xavfsizlik Kengashida veto huquqini bekor qilish zarurligini ma’lum qilgandi. Veto huquqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan qo‘llanilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)