13-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “E” guruhidagi ikkinchi uchrashuv ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda Qatar terma jamoasi KXDR termasini yirik 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda Qatar termasi hujumchisi Almuaz Ali KXDR darvozasini 4 marta ishg‘ol qilib, pokerga erishdi (9, 11, 55, 60). Arablar 2 tur bo‘yicha raqib darvozasiga javobsiz 8 ta gol urgan bo‘lsa, shundan 5 tasiga Almuaz Ali mualliflik qildi va musobaqaning to‘purarlar jadvalida yaqqol peshqadamlga aylandi.
Shuningdek, Hukhi (43) va Hasan Fadlalla (68) ham bittadan golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa qatarliklar 2 ta o‘yin natijasiga ko‘ra 6 ochko to‘plab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Osiyo Kubogi 2-turining “E” guruhidagi dastlabki uchrashuvda Saudiya Arabistoni Livanni 2:0 hisobida yenggan edi.
Osiyo Kubogi—2019
“E” guruhi, 2-tur
13-yanvar, yakshanba
KXDR—Qatar 0:6
Gollar: 0:1 – 9 Almuaz Ali, 0:2 – 11 Almuaz Ali, 0:3 – 43 Hukhi, 0:4 – 55 Almuaz Ali, 0:5 – 60 Almuaz Ali, 0:6 – 68 Hasan Fadlalla.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)