• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘rta Osiyo lo‘lilari. Ular kim va qanday yashaydi?

    “Lo‘li” so‘zi kelib chiqishi yaqin bo‘lgan 80 ga yaqin etnik guruhni o‘zida birlashtiradi. Markaziy Osiyoda lo‘lilar uzoq yillar oldin paydo bo‘lgan, deya xabar beradi “Kaktakto”.

    Buyuk Britaniya va Ispaniyada ular “Gypsies”, ya’ni misrliklar deb, Fransiyada “bohémiens”, Germaniya, Italiya va Rossiyada “roma” yoki “siganlar” deb ataladi. Markaziy Osiyo davlatlarida esa ular “lo‘li, jugut, mazang” deyiladi. O‘rta osiyolik lo‘lilar esa o‘zlarini “mugatlar” deb ataydi.

    Kelib chiqish haqidagi afsonalar

    Qadimda bir kambag‘al ota-ona bo‘lib, ularning Lo‘ ismli o‘g‘li va Li ismli qizi bo‘lgan. Kunlardan bir kun mamlakatga bosqinchilar bostirib kiradi. To‘polonda haligi ota-ona farzandlarini yo‘qotib qo‘yadi. Lo‘ va Li ota-onasini izlashga tushadi – har biri o‘z yo‘lini tanlaydi. Oradan yillar o‘tgach, Lo‘ bilan Li uchrashib, bir-birini tanimasdan, turmush quradi. Haqiqat ochilganda, mullalar ularni la’natlaydi va o‘sha vaqtdan boshlab bu la’nat “Lo‘li” sifatida ularning avlodlariga o‘tib keladi.

    Foto: Central Asia Monitor

    Foto: Central Asia Monitor
    Markaziy Osiyo lo‘lilari (boshqa lo‘lilar kabi) Hindistondan kelgan bo‘lib, bir paytlar hind xalqining quyi kastlaridan biriga mansub bo‘lgan.

    Olimlar Firdavsiyning “Shohnoma” asarida V asrda kelib chiqishi Sosoniylardan bo‘lgan Fors shohi Bahrom Guruga sovg‘a sifatida Hindistondan ko‘chirilgan 12000 “lo‘ri” san’atkorlari tilga olinganiga e’tibor qaratdi.

    Ular “Lo‘ri” yoki “Lo‘li” nomlari Hindistonning shimoli-g‘arbiy viloyatlaridan biri bo‘lgan qadimgi Sind rojaligining poytaxti al-Rur yoki Arur shahri nomi bilan bog‘liq deb tahmin qilishgan. San’atkorlar guruhi yangi joyga borgach, hunarini saqlab qolish va boshqalarga aralashib ketmaslik uchun kastadan o‘ziga xos bo‘lgan etnik guruhga aylangan.

    Sind xalqining avlodlari Fors va Markaziy Osiyo lo‘lilariga aylandi. Forscha lug‘atda “lo‘li” so‘zi “raqs va qo‘shiq bilan shug‘ullanadigan odamlar” degan ma’noni anglatadi.

    Nima bilan shug‘ullanadi va qayerda yashaydi?

    Markaziy Osiyoning shimoliy hududlaridagi erkak lo‘lilar asosan otlarni ko‘paytirish va sotish bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, ular otlarning yo‘lidan chachvon (musulmon ayollarning yuzini yopadigan to‘r) tayyorlagan.

    Lo‘lilar, shuningdek, yog‘och qoshiq, chashka va boshqa kichik uy anjomlarini ishlab chiqarishgan.

    Markaziy Osiyoning janubiy viloyatlarida erkak lo‘lilar zargar bo‘lgan. Bilakuzuklar va ziraklar yasagan, ba’zan metall va yog‘och idishlarni ta’mirlagan.

    Foto: gumilev-center.ru

    Foto: gumilev-center.ru
    Ayol lo‘lilar kichik savdo bilan shug‘ullangan – ular pardoz buyumlari, igna, iplar, hamda lo‘li erkaklar tayyorlagan mahsulotlarni sotgan. Ba’zilari fol ochish bilan shug‘ullangan. Ularning orasida tabiblar ham bor bo‘lgan.

    Ba’zi lo‘lilar to‘dasida ayollar do‘ppi va kamarlarni tikish bilan shug‘ullangan. Lekin ularning asosiy mashg‘ulotlari tilanchilik bo‘lgan. Yozda va ayniqsa qishda ayollar bolalari bilan birga yelkasiga xurjun osib, sadaqa yeg‘ib yurgan. Itlarni quvish uchun qo‘lida uzun hassa (aso) bo‘lgan. Ayol lo‘lilar mayda o‘g‘irlik ham qilgan.

    Tilanchilik va tabiblik bilan ba’zi erkaklar ham shug‘ullangan.

    Lo‘li va jugut erkaklar ishlab chiqaruvchi mehnat bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lib, oilasini boqish haqida qayg‘urgan. Lo‘lilarning aksariyati uchun daromadning asosiy manbasi ayollar shug‘ullanadigan tilanchilik edi. Kichkina qop va hassa bilan qurollangan ayollar har kuni har kuni shahar va qishloqlarda hovlima hovli yurib, sadaqa yig‘gan. Yo‘l-yo‘lakay ko‘zgu yoki bir piyola suv yordamida fol ham ochgan.

    Foto: gumilev-center.ru

    Foto: gumilev-center.ru

    Mazanglar esa hech qanday tilanchilik bilan shug‘ullanmagan. Mazang erkaklar duradgor va kichik savdogar bo‘lgan.

    Chodir lo‘lilarning an’anaviy boshpanasi bo‘lib xizmat qilgan. Qishki chodir yerga qazilgan ikki yoki uchta xodadan qoziq qilib, usti qo‘pol mato bilan qoplangan. Chodirni chiqish yaqinidagi yoqilgan olov bilan isitishgan.

    Foto: trud.ru

    Foto: trud.ru

    Yozgi chodir esa faqat quyoshdan pana, soya joy sifatida kerak bo‘lgan. U juda kichikroq va odatda bitta to‘singa qurilgan. Chodir ichiga kigiz to‘shalgan, choyshab yoyib, ustiga yostiq qo‘yilgan.

    Mazanglar chodiri bilan boshqa lo‘lilardan ajralib turgan. Ular kichik novdalar, qamish va hashakdan chayla qurgan. Chayla uzunligi 3-4 metr bo‘lgan, eshiklari qamishdan qilingan yoki mato osib qo‘yilgan.

    Ular nima kiyadi?

    Ularning kiyimi o‘zbek yoki tojik kiyimidan sira farq qilmaydi. Hozirda yoshi katta erkaklari xalat va keng shim kiyadi, boshiga do‘ppi kiyib, atrofini salla bilan o‘rab oladi. Ayollar kiyimida yevropa lo‘lilariga xos keng yubka va turli shaqildoqlar yo‘q.

    Foto: gumilev-center.ru

    Foto: gumilev-center.ru

    Markaziy Osiyo lo‘l ayollarining kiyimi o‘zbeklarnikidan yorqin rangga moyilligi va rangli kombinatsiyadagi g‘ayrioddiyligi bilan farq qiladi. Lo‘li ayollar turli xil zargarlik buyumlari — uzuklar, ziraklar, bilaguzuklar, marjonlarni yanada ko‘proq moyil bo‘ladi, biroq bu narsalar ham hozirda milliy o‘ziga xosligini yo‘qotdi.

    Din va oilaviy marosimlar

    Diniy e’tiqodiga ko‘ra Markaziy Osiyo lo‘lilari musulmon. Ular o‘liklarni musulmonlarga xos tarzda dafn qiladi, ibodat qiladi, ro‘za tutadi, o‘g‘illarini sunnat qiladi. Biroq, o‘tmishda ular, Markaziy Osiyoning boshqa ko‘plab xalqlari singari, islomga qadar turli islomiy e’tiqod unsurlari bilan birgalikda pravoslav e’tiqodini uyg‘unlashtirgan.

    Lo‘lilarda turli xil ilohiylarga – jin, pari, alvasti, turli ziyonlardan asrovchi tumor va bozbandlarga ishonch keng tarqalgan. Piyoz, qalampir, non, o‘tkir narsalar, qo‘chqor shoxlari yovuz ruhlarning va yomon ko‘zdan asrovchi talisman sifatida qadrlangan. Bo‘riga maxsus muqaddas kuch deb ishonilgan: uning qoziqtishi va  quritilgan burni kiyimlarga tikib qo‘yilgan.

    Lo‘lilarning e’tiqodiga ko‘ra, jayra ham xuddi shunday kuchga ega bo‘lib, ularning tikani tumor sifatida ishlatilgan. Qarshi lo‘lilari jayra go‘shtini yegan, Samarqandda esa bu hayvonning go‘shtini yeyish taqiqlanib, jayra qachonlardir inson bo‘lgan degan afsonaga ishonilgan.

    Lo‘lilar kichik oilalarda yashaydi. O‘g‘illar nikohdan keyin darhol alohida turar joyga chiqib ketadi. Har bir oila o‘z xo‘jaligini yuritib, boshqalardan alohida bo‘lishga intiladi. Ayol asosiy boquvchi bo‘lsa-da, oilada eriga bosh egadi.

    Foto: Open Asia

    Foto: Open Asia

    Qizlar 12-15 yoshida turmushga chiqadi. To‘y marosimining barcha urf-odatlari atrofdagi aholinikidan farq qilmaydi. Lo‘lilar orasida amakivachchalar nikohlari keng tarqalgan bo‘lib, odatda ich kuyov qilib olinadi.

    Lo‘lilarga xos xususiyatlardan yana biri qarshi qudachilik, bunday holatlarda qalin puli to‘lanmaydi.

    Foto: Youtube

    Foto: Youtube

    Lo‘lilarda nikoh to‘yi bilan bog‘liq bir afsona mavjud. To‘yda kelinning yelkasiga yoshi kattaroq ayol xurjun osib, quyidagi qasamyodni aytdiradi: “Qasamki, bu xurjunni butun hayotim davomida olib yuraman va farzandlarimni ota-bobolarimiz kabi oziqlantiraman. Bu xurjun hech qachon bo‘sh qolmaydi, chunki men har doim uyma-uy yurib, sadaqa so‘rayman. Xurjunimni tashlab, boshqa ish bilan shug‘ullanadigan kunimga la’natlar bo‘lsin.”

    Nikoh marosimida ko‘plab mehmonlar to‘planadi. To‘ylarda xo‘roz urishtirish va eshak urishtirish kabi o‘yinlari o‘tkaziladi. Shuningdek, yugurish bo‘yicha poyga ham uyushtiriladi.

    Musulmonlarga xos nikoh o‘qish marosimi kelinning uyida bo‘lib o‘tgan. Yangi kelin-kuyovlarni erining uyiga olib borish, olov atrofida aylanish, ko‘zguda bir-birini ko‘rish va shunga o‘xshash odatlarga ham amal qilinadi.

    Birinchi farzandi dunyoga kelgach, Lachak Bandon (turmushga chiqqan ayolning bosh kiyimi) marosimi o‘tkaziladi. Lo‘li ayol odatda sadaqani yig‘ish uchun mana shu marosimdan keyin tashqariga chiqadi.

    Qaysi tilda gapiradi va hozirda qancha lo‘li qoldi?

    Lo‘lilar ikki tilda gapiradi: o‘zbek va tojik. Ammo o‘zlarining maxsus, yashirin tili ham bor: “lavzi mugat” yoki “arabcha” (ular o‘zlarini qora tanli ko‘rinishi va ko‘chmanchi turmush tarzi o‘xshash bo‘lgan arablarga qarindosh deb hisoblaydi).

    Foto: Kaktakto

    Foto: Kaktakto

    Aniqrog‘i, u “maxfiy” ya’ni boshqa tillardan kirib kelgan, ma’lum obyektlar, tushunchalar va xatti-harakatlarni ifodalovchi so‘zlardan tashkil topganiga qaramay, o‘ta “maxfiy” til emas.

    Markaziy Osiyoda lo‘lilarining soni aniq sanalmagan va buni hisoblashning iloji ham yo‘q. Chunki ko‘pchilik lo‘lilar boshqa millat vakillari bo‘lishga da’vo qilmoqda. 1989-yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda taxminan 25 mingta lo‘li bor edi.

     

    13.01.2019, 09:50   Izoh (0)   251938
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fransiya prezidenti Davos forumida ishtirok etishdan voz kechdi

    12.01.2019, 23:13

    OAV: Ivanka Tramp Jahon banki prezidenti lavozimiga saylanishi mumkin

    12.01.2019, 22:12

    Parijdagi novvoyxonada yuz bergan portlash sabab uch kishi halok bo‘ldi

    12.01.2019, 17:32

    Xitoy politsiyasi hukumatni tanqid qilgan Twitter foydalanuvchilarini ta’qib qilishni boshladi

    12.01.2019, 16:52

    AQShning Pragadagi elchixonasida yong‘in yuz berdi

    12.01.2019, 14:38

    Rossiya hukumati o‘qituvchi va shifokorlarga sovg‘a olishni taqiqlamaydigan bo‘ldi

    12.01.2019, 14:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.