12-yanvar kuni O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan san’at va madaniyat vakillari hamda o‘z ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat bo‘layotgan ustoz san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ehtirom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zA

“Ehtirom” mukofoti “Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, “Estrada, an’anaviy, opera xonandalik, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati”, “Tasviriy va amaliy san’at”, “Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye”, “E’tibor, ehtirom, e’zoz” kabi 5 ta yo‘nalishda taqdim etiladi.

Xabarda aytilishicha. bu yilgi “Ehtirom—2018” mukofotini taqdirlashda ijodkorlarning “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayoniga e’tibor qaratiladi.