11-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani markazida “Shoh Mashrab” jome masjidining yangi binosi ochildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda so‘zga chiqqanlar jome masjidining zamonaviy ko‘rinishda qaytadan barpo etilishi davlat rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning yorqin namunasi ekanligini ta’kidladi. Masjidning go‘zal shaklda, zamonaviy uslublar va milliy qadriyatlarni o‘zida aks etgan binosini ko‘zdan kechirib, bu xayrli ishda ko‘makchi bo‘lgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildirdilar.
Darhaqiqat, bir vaqtning o‘zida 2600 nafar namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ma’rifat maskani qumqo‘rg‘onliklarga munosib tuhfa bo‘ldi. Qurilish ishlariga eng mohir usta va muhandislar jalb etildi. Bunday ezgu ishga hissa qo‘shish istagidagi quruvchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, bor kuch-g‘ayrat bilan mehnat qildi.
Izoh (0)