BAAda o‘tkazilayotgan Osiyo Kubogi vaqtida ikkinchi iste’fo ham ro‘y berdi.
10-yanvar, payshanba kuni Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange terma jamoaning Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab iste’foga chiqarildi.
Musobaqani Falastin (0:0) bilan durang natija bilan boshlagan Shtange shogirdlari ikkinchi turda Iordaniyaga (0:2) yutqazib qo‘ydi.
Osiyo Kubogi bahslarining navbatdagi turida Suriya termasi musobaqa favoritlaridan biri Avstraliya terma jamoasi imtihonidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi Milovan Rayevats ham iste’foga chiqarilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)