11-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turi doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
“B” guruhining navbatdagi o‘yini Falastin va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “B” guruhining birinchi o‘yinida Iordaniya termasi Suriya terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shundan so‘ng Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange vazifasidan bo‘shatildi.
“C” guruhining dastlabki to‘qnashuvida Filippin terma jamoasi Xitoy termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yinga 18:30 da start beriladi.
Xuddi shu kuni “C” guruhidagi ikkinchi uchrashuv ham o‘tkaziladi. Unda Qirg‘iziston terma jamoasi Janubiy Koreya termasi bilan bahs boylaydi. Bellashuv 21:00 da boshlanishi belgilangan.
Osiyo Kubogi—2019
2-tur bahslari
11-yanvar, juma
Falastin—Avstraliya 16:00
Filippin—Xitoy 18:30
Qirg‘iziston—Janubiy Koreya 21:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)