Markaziy bank matbuot xizmatiga ko‘ra, yangi yirik nominal kupyurani muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq uning qiymati hali o‘rnatilmagan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, yangi banknotlarning chiqarilishi bo‘yicha texnik tayyorgarlik boshlangan. Biroq, banknota muomalaga chiqishi bo‘yicha aniq sana belgilanmagan.
Bundan avval, qator xorijiy internet-nashrlar “ishonchli va vakolatli manbalarga asoslanib” O‘zbekiston Markaziy banki yaqin vaqt ichida 100 ming so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarishi haqida xabar tarqatdi.
Izoh (0)