• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Lola Karimova-Tillayeva “O‘tkan kunlar” romanini ilk marta bir kechada o‘qib chiqqani haqida so‘zlab berdi

    Karimov Fondi atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilish va nashr etish loyihasini amalga oshirdi. Ushbu sovg‘abop nashrning badiiy bezak suratlari taniqli o‘zbek rassomi Bobur Ismoilov tomonidan ishlandi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

    Foto: Instagram / @lola_tillyaeva

    Foto: Instagram / @lola_tillyaeva

    “Abdulla Qodiriy – XX asrning atoqli adibi, ma’rifatparvari va publitsisti. U 1922-yilda yozgan ‘O‘tkan kunlar’ asari bilan o‘zbek milliy romanchilik maktabiga asos soldi. Mazkur asar haqli ravishda o‘zbek adabiyoti durdonasi deya e’tirof etiladi. Yuksak badiiyat namunasi sanalgan roman bir necha avlod o‘zbek kitobxonlarining sevimli asari bo‘lib kelayotgani ham bejiz emas, albatta.Taassufki, yozuvchining hayoti fojiaviy yakun topdi. Mash’um qatag‘on yillarida Qodiriy ‘xalq dushmani’ degan soxta ayblov bilan qamoqqa olindi va 1938-yilda qatl etildi”, — deyiladi xabarda.

    Lola Karimova-Tillayeva “O‘tkan kunlar” romanini ilk marta o‘qiganida asar qanday taassurot qoldirgani bilan o‘rtoqlashdi:

    “ ‘O‘tkan kunlar’ romanini ilk marotaba qo‘lga olganim hali-hamon yodimda. Asar meni shu qadar o‘ziga rom etgan ediki, uni bir kechada o‘qib tugatgan edim. Ushbu muhabbat qissasi meni – o‘sha kezlar 14 yoshda bo‘lgan o‘smir qizni o‘tmish olamiga olib kirdi. Tarixiy davr, turfa qahramonlar taqdiri, xarakteri va hayot tarzini yuksak ijodiy mahorat bilan, batafsil tasvirlagan muallif o‘z asariga umrboqiylik bag‘ishladi, kelgusi avlodlarga ham ota-bobolari kechmishi bilan yaqindan tanishish imkonini tuhfa etdi”.

    “Ushbu sovg‘abop nashrni teran ramziy ma’noga ega suratlari bilan bezagan rassom Bobur Ismoilov o‘sha davr nafasini yetkazib bera olgan, deb o‘ylayman. Buning uchun unga alohida minnatdorligimizni izhor etamiz.Karimov Fondi ko‘magi bilan ushbu kitob Nouveau Monde Editions nomdor fransuz nashriyotida chop etildi.O‘zbek adibi romani o‘ttizdan ziyod badiiy asarni tarjima qilgan britaniyalik adabiyotshunos va mutarjim Kerol Yermakova tomonidan ingliz tiliga o‘girildi. Tarjimaga Juli Uikenden muharrirlik qildi.

    Mazkur nashr Abdulla Qodiriy ijodiy merosini xorij kitobxonlariga yaqindan tanishtirsa ajab emas. Roman xorijlik adabiyot muxlislari ko‘nglidan ham joy oladi, degan umiddamiz”, — deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

    Karimov Fondi tomonidan romanning o‘zbek tilidagi sovg‘abop nashri ham chop etildi. O‘zbekistonlik yoshlar tomonidan mutolaa qilinishi inobatga olinib, kitob lotin alifbosida nashr qilindi.

    O‘zbekistonlik va xorijlik adabiyot muxlislari uchun o‘ziga xos tuhfa hisoblangan mazkur ikki nashr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 81 yilligiga bag‘ishlab tayyorlandi.

    “O‘tkan kunlar” romanining ingliz tilidagi nashrini Amazon internet-do‘konidan xarid qilish mumkin.

    11.01.2019, 12:40   Izoh (0)   31511
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fan olimpiadada o‘quvchisi o‘rin olgan o‘qituvchilarga pul mukofoti berilishi rostmi?

    11.01.2019, 12:29

    Shavkat Mirziyoyev bundan avval 2018-yil mart oyida Samarqandga borgan edi. Shundan so‘ng viloyatda nimalar o‘zgardi?

    11.01.2019, 12:17

    O‘zbekistonda yiliga 22 mingdan ortiq bemorda onkologik xastalik aniqlanmoqda

    11.01.2019, 11:53

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandda yig‘ilish o‘tkazadi. Unda viloyat hokimini tayinlash masalasi ko‘riladi

    11.01.2019, 11:23

    “Xalqlar do‘stligi” maydonida 4 kun davomida vatanparvarlik festivali o‘tkaziladi

    11.01.2019, 10:54

    Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    11.01.2019, 10:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.