2019-yilda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining 54 ta obyektida qurish va ta’mirlash ishlari bajariladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi, deb xabar berdi O‘zA.
Shuningdek, videoselektorda oliy ta’lim tizimidagi investitsion faoliyatda, jumladan, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish bo‘yicha qator kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga tanqidiy baho berildi.
Izoh (0)