Qirg‘iziston Respublikasida ta’sis etilgan Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot doirasida o‘zbekistonlik Ahmadjon Meliboyevga akademik unvoni berildi.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida faoliyat yuritayotgan Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro Akademiya va ulug‘ adib nomidagi klub har to‘rt yilda bir marta adabiyot, madaniyat va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishgan ijodkorlarga o‘z mukofotlarini taqdim etadi.
Bu yilgi tanlov natijalariga ko‘ra, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” doimiy ekspozitsiyasi rahbari Ahmadjon Meliboyevga akademik unvoni berildi.
Avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov adabiyot va san’at yo‘nalishida laureatlik mukofoti bilan taqdirlangani xabar berilgan edi.
Izoh (0)