FVV ijtimoiy tarmoqlarda “Qamchiq” dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida 2019-yilning 8-yanvar kuni qor yog‘ishi kuzatilgan va o‘rtacha harorat -4 darajani tashkil etgan, yo‘lning qatnov qismida ikki tomonlama harakat amalga oshirilgan, qor uyumlari va muzlamalar, shuningdek, hech qanday tirbandliklar yuzaga kelmagan”, — deyiladi FVV rasmiy saytida berilgan bayonotda.
“O‘zgidromet” xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 10-yanvar kuni “Qamchiq” dovonida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli mavjud, 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)