8-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining dastlabki yarim final uchrashuvi “Tottenhem” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi (1:0).
Ushbu uchrashuvda London politsiyasi irqchilik harakatlarini amalga oshirgani sababli bir muxlisni hibsga oldi, deb xabar berdi Sky Sports.
Poytaxt politsiya xizmati “Uembli” stadionida 17 yoshli bolani qo‘lga oldi va uni Shimoliy London qismiga topshirdi.
Qaysi jamoaga muxlisligi aniqlanmagan o‘smir irqichilikka oid haqoratli so‘zlarni ishlatib, jamoat tartibini buzganligi uchun qamoqqa olingan.
O‘yin oldidan politsiya matbuot xizmati qasddan jinoyat sodir etish, irqchilik va antisemitizmga qarshi kurashda ikkala jamoa bilan yaqindan hamkorlik qilganligi haqida bayonot bergandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)