Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 21—23-fevral kunlari O‘zbekistonda ziyorat turizmi bo‘yicha ilk xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda mamlakatning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ziyorat turizmini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, bu yo‘nalishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, O‘zbekistonni ziyorat turizmining yirik markazlaridan biri sifatida e’tirof etish va “Halol” standartini joriy etishdan iborat.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan forumda mahalliy va xorijiy olimlar, teologlar, ziyorat turizmi sohasidagi ekspert va mutaxassislar ishtirok etadi.

Tadbirning birinchi kuni OAV vakillari uchun matbuot anjumani hamda forum mehmonlari va ishtirokchilari uchun Buxoroning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Forumning ikkinchi kuni Buxorodagi Yoshlar markazida tadbirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu yerda xorijiy ekspertlar ishtirokida mamlakatning ziyorat turizmi salohiyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchta sho‘ba sessiyasini o‘tkazish hamda O‘zbekiston madaniy-tarixiy markazlarining Islom madaniyati va sivilizatsiyasini rivojlantirishdagi roli to‘g‘risida deklaratsiya imzolanishi ham ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, xorijlik sheriklar bilan investitsiya shartnomalarini imzolash kutilmoqda.

Forumning so‘nggi kunida tadbir mehmonlari uchun Samarqandning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab tanishtiruv turi o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda Cobalt yuk mashinasiga urilishi oqibatida 4 kishi vafot etdi
Mahalliy
Jizzaxda sevgan qizining yalang‘och suratlarini Telegram’da tarqatmaslik uchun 800 dollar so‘ragan yigit ushlandi
Shou-biznes
Tom Holland aktyorlik ishida tanaffus e’lon qildi