Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyalik kikbokschi va MMA jangchisi Tenshin Nasukava o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida UFC’ning sobiq chempioni Konor Makgregorga javob qaytardi.

Foto: MMA News

Foto: MMA News

Avvalroq Makgregorning o‘zi Tenshin bilan MMA qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali jang qilish istagini bildirgandi.

“Hurmatli, janob Makgregor. Ismimni eslaganingiz uchun tashakkur. Men bilan jang qilish istagini bildirishingiz — kamina uchun ulkan sharaf. Balki, tez orada 58 kg vazn toifasida (Konor 70 kg vazn toifasida jang qiladi) va kikboks qoidalari bo‘yicha ringga ko‘tarilarmiz. Bu yil men RISE gran-prisida ishtirok etyapman. Shuning uchun parhez tuting va meni kuting”, — deb yozadi Tenshin.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 31-dekabr kuni Floyd Meyvezer yaponiyalik Tenshin Nasukava bilan ringga chiqib, uni 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi