“Real Madrid”ning sobiq himoyachisi Pepe Londonning “Arsenal” klubi taklifini rad qildi, deb yozadi L’Equipe.
Hozir erkin agent maqomida bo‘lgan Pepega London klubi shartnoma tuzish taklifi bilan chiqqan, biroq u buni rad etgan.Avvalroq Pepe “Beshiktosh” klubidagi moliyaviy muammolar sabab jamoa bilan shartnomasini bekor qilgandi. Qayd etilishicha, u ayni damda Tyerri Anri ustozlik qilayotgan “Monako” bilan kelishuvga erishgan.
Joriy mavsumda Pepe Turkiya chempionatining 10 ta uchrashuvida 3 ta gol urishga erishgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)