Ikki vazn toifasida UFC’ning sobiq chempioni Konor Makgregor yaponiyalik kikbokschi Tenshin Nasukavaga qarshi oktagonga chiqish istagini bildirdi.
“Yoz fasligacha Tokioga borib, Tenshin Nasukava bilan MMA qoidalariga ko‘ra jang qilmoqchiman. Iltimos, biz uchun tezroq jang tashkillashtiring. Hurmat bilan ikki vazn toifasidagi chempion”, — deb yozadi Konor o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 31-dekabr kuni, Yangi yil oqshomidagi jangda yaponiyalik Tenshin Nasukava Floyd Meyvezerga mag‘lub bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Floyd 20 yoshli Nasukava bilan kechgan 2 daqiqalik jangi uchun 9 million dollar ishlab oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)