Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, “Toqchilik” MFYda yashovchi muqaddam besh marotaba talonchilik va o‘g‘irlik jinoyati uchun sudlangan, xavfli retsidivist hisoblangan (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Rafik Madiyarov yana jinoyat qo‘l urdi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining sudyasi E.Qarshiyev ma’lum qildi.
U o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishi maqsadida 2018-yilning 8-oktabr kuni soat chamasi 15 dan 30 daqiqa o‘tganda, mast holatda, Jizzax shahridagi “Ko‘k bozor” hududidagi do‘kon eshigi oldida turgan voyaga yetmagan (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Ch.Yadgarov tomonidan qarovsiz qoldirilgan narxi 600 ming so‘mlik “Ragazzi” markali velosipedni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.Jabrlanuvchilarning IIBga qilgan murojaati natijasida, “Ko‘k bozor” profilaktika inspektori tomonidan Rafik Madiyarov “Kimyogar” mahallasida o‘g‘irlagan velosopedni minib ketayotgan vaqtida ushlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2018-yil 3-dekabr kungi hukmiga asosan Rafik Madiyarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan jazo tayinlandi.
Izoh (0)