Abu-Dabidagi Yangi yil musiqa festivali tashkilotchilari qo‘shiqchi Yegor Kriddan bekor bo‘lgan chiqishi uchun tovon to‘lashni talab qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, o‘z chiqishining boshlanishi vaqtida Krid sahna yaqinida o‘tirgan va qahva ichib, kayfiyati yo‘qligini va sahnaga chiqmasligini ma’lum qilgan. Natijada qo‘shiqchining chiqishi amalga oshirilmagan.
Ayni paytda tashkilotchilar yetkazilgan zarar qiymatini hisoblab chiqmoqda, shundan so‘ng qo‘shiqchidan tovon talab qiladi. Tovon summasi bir necha million rublni tashkil qilishi mumkin.
Izoh (0)