3-dekabr, payshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan bahsda “Real” “Vilyarreal” bilan durang o‘ynadi (2:2).
Ushbu o‘yin Madrid klubi sardori Serxio Ramosning faoliyati davomidagi barcha musobaqalarni hisoblaganda 800-uchrashuvi bo‘ldi, deya xabar berdi Goal.
32 yoshli himoyachi “Real” tarkibida 589 ta, Ispaniya terma jamoasi safida 161 ta va “Sevilya” uchun 50 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Ramos professional futboldagi debyut o‘yinini 2004-yilning 1-fevralida o‘tkazgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)