“Dorados” klubi bosh murabbiyi Diyego Maradona sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, deb yozadi Infobae.
58 yoshli argentinalik mutaxassis Buenos-Ayresdagi “Olivos” klinikasida rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va u oshqozon operatsiyasidan so‘ng endoskopiya qilindi.
Biroq shifokorlar Maradonaga oshqozondan qon ketishi tashxisini qo‘ydi va u kasalxonaga yotqizildi.
Klinikaning ma’lum qilishicha, argentinalikning oshqozonidagi muammo jiddiy emas.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2018-yilning sentabr oyidan Meksikaning ikkinchi divizionidagi “Dorados” klubini boshqarib kelmoqda. Mutaxassis jamoaning mavsumoldi 4 kunini o‘tkazib yuborganligi sababli uning jamoani tark etishi haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Diyegoning advokati xabar berishicha, uning mijozi “Dorados”dan ketmaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)