Toshkent shahrida 5-yanvar kuni o‘tkaziladigan marafon sabab, Mustaqillik ko‘chasi, Kichik xalqa aylanma yo‘li orqali ko‘prik tagi bilan Maxtumquli ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi va Parkent chorrahalari orqali Mustqallik ko‘chalarida avtomobil harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Marafon “14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni” bayramiga bag‘ishlab Qurolli kuchlar Akademiyasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Yarim marafon” yugurish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.
Izoh (0)