Atirau-Astraxan trassasida 1-yanvar tongida DAF rusumli yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar departamenti xabar bergan, deb yozadi “Nuz.uz”.
Ma’lum bo‘lishicha, chiqqan yong‘in oqibatida mashinaga ortilgan 12 tonnadan ortiq paxta xomashyosi yonib ketgan. O‘t o‘chirishga ikki texnika va besh nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan. Voqea natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Xabarda aytilishicha, yuk mashinasi O‘zbekistondan Belarusga harakatlanayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)