“Real” darvozaboni Keylor Navas klub bilan shartnomasini 2021-yilning iyunigacha uzaytirdi, deb yozadi Marca.
Kosta-rikalikning maoshi yiliga 5 million yevroni tashkil etadi. Darvozabon bilan 2018-yilning yozida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlangandi.
Shu tariqa qishki transferlar vaqtida Navas klubni tark etmaydigan bo‘ldi.
Tibo Kurtua jamoa tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng Navas o‘yin amaliyoti kamligidan norozi bo‘lgani va klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)