Hindistondagi qishloqlardan birida 60 yoshli erkak mobil telefoni portlashi oqibatida olgan kuyish jarohatidan halok bo‘ldi, deb xabar berdi “MK.ru”.
Marhumning rafiqasi so‘zlariga ko‘ra, erkak kiyimi cho‘ntagidagi telefon bilan uxlashga yotgan. Kechasi telefon akkumulyatori portlab, erkakning kiyimi yona boshlagan.
Hindistonlik og‘ir kuyish jarohatini olgani oqibatida halok bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning telefoni Hindistonning Reliance Jio Infocomm kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Izoh (0)