2018-yil davomida AQShning Arizona shtatining aholisi 21 marotaba Waymo kompaniyasining haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobillariga hujum qilgan. Bu haqda New York Times xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobillar shahar hududida sinov tariqasida harakatlari davomida, mahalliy aholi tomonidan hujumlarga uchramoqda. Bundan tashqari haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobillarning muhandislariga ham tahdidlar qilinmoqda.
Haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobillarga mahalliy aholining bunday munosabati o‘tgan yili ro‘y bergan baxtsiz hodisa bilan bog‘liq.
O‘shanda haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, bir ayolning urib yuborgan.
Izoh (0)