Amerika texnologik korporatsiyasi Apple aksiyalari ochiq savdolarda 9 foizdan ortiqqa arzonlashmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Bu smartfonlarni sotishdagi muammolar bilan bog‘liq tushum prognozlarining yomonlashuvidan so‘ng yuz berdi.
Toshkent vaqti bilan 19:37 da Apple aksiyalarining narxi Nasdaq birjasida 9,4 foiz, ya’ni 143,07 dollargacha pasaydi.
Korporatsiya rahbari Tim Kuk kuni kecha investorlarga ochiq xatida iPhone sotuv sur’atlarining pasayganligini ma’lum qildi. U bunga asosiy sabab qilib AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushini ko‘rsatgan.
Izoh (0)