AQShning Orbcomm FM16 yo‘ldoshi yer orbitasida parchalanib ketdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘ldoshning parchalanib ketishi natijasida, yer orbitasida 34 ta bo‘lakdan iborat kosmik chiqindi paydo bo‘ldi.
Yo‘ldoshning parchalanib ketishi Yangi yil bayrami arafasida ro‘y bergan.
Mazkur yo‘ldosh Orbcomm qisqa to‘lqinli radioaloqalar uchun foydalanilgan bo‘lib, Orbcomm aloqa operatori tomonidan boshqariladi.
Izoh (0)