“Barselona” himoyachisi Jerar Pike Ispaniyaning “Andorra” klubiga egalik qiladigan bo‘ldi, deb yozadi AS.
Futbolchi jamoani “Kosmos” investitsiya kompaniyasi orqali sotib oldi.
Pike klubni sotib olish bilan birga, uning 200 ming yevro miqdoridagi qarzini ham to‘laydigan bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, Pikening asosiy maqsadi — Ispaniya chempionatining yuqori divizionida o‘yanaydigan jamoani shakllantirish.
“Andorra” klubi 1942-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda jamoa Ispaniyaning beshinchi divizionida o‘ynaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)