Forbes Life muxbiri Milandan Marbelyagacha Supercars Club Arabia avtopoygasida ishtirok etdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Avtopoygada o‘z turkumida yagona bo‘lgan Lamborghini, Ferrari va Porsche kabi avtomobillar ishtirok etdi.
Bahraynlik Salmon ibn Iso Al Halifa 2014-yilda avtoishqibozlarning yopiq klubiga asos solib, unga birgalikda sayohat amalga oshirish uchun do‘stlarini taklif qila boshlagan. Bir necha yil ichida klub azolari — hozirda ularning soni 120 kishidan ortiq — uchta qit’ani va o‘nlab Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlar yo‘lini bosib o‘tdi.
Bu yilgi yo‘nalishda poygachilar Lago-Major ko‘li orqali Alp va Monakoning qorli dovonlari va Andorrani bosib o‘tdi, kolonna Marbelyada to‘xtadi. Kechib o‘tilgan masofa 10 kunda to‘rt ming kilometrni tashkil qildi.
Izoh (0)