AQShning Vashington shtatida istiqomat qilgan ijtimoiy yordam xodimi Alan Neyman bolalar xayriya jamg‘armalariga 11 million dollar vasiyat qildi. U 64 yoshida saratondan vafot etdi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Neymanning do‘stlarini aytishicha, u o‘ta kamtarona yashagan va o‘ziga deyarli pul sarflamagan. U faqat chegirmalar bo‘lgan tovarlarni sotib olgan, poyafzalini o‘zi ta’mirlagan, tanishlarini ovqatlangani faqat fast-fudga olib borgan.
Alan bolalarni juda yaxshi ko‘rar, biroq o‘zining farzandlari yo‘q edi.
11 million dollar ishlab topish uchun amerikalik uchta joyda ishlar, ota-onasidan qolgan meros ham bor edi. Neyman o‘zining barcha pullarini xayriya jamg‘armalariga qoldirdi.
Izoh (0)