29-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi 19-turi doirasida “Yuventus” o‘z uyida “Sampdoriya” mag‘lub etdi (2:1).
Bellashuvda mehmonlarning yagona javob goliga Fabio Kualyarella mualliflik qildi.
Opta’ning yozishicha, 35 yoshli italiyalik futbolchi “Roma” (11-noyabrda o‘tkazilgan) bilan kechgan o‘yinda (1:4) zaxirada qolganiga qaramasdan, Italiya chempionatining ushbu mavsumida ketma-ket 9 ta uchrashuvda raqib darvozasiga 10 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan natijani so‘nggi bor 2005-yilda A Seriyada “Yuventus” o‘yinchisi David Trezege qayd etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Kualyarella joriy mavsumda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urib, 5 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)