O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasida o‘zbek milliy nonushtasi standarti taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
So‘zga chiqqan O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi raisi Akbar Umarovning aytishicha, butun dunyoda ingliz nonushtasi keng tanilgan, ammo xilma-xillikka boy va sog‘liq uchun foydali bo‘lgan o‘zbek milliy nonushtasi bilan deyarli hech kim tanish emas.
“Ushbu anglashilmovchilikni tuzatib, butun dunyoga O‘zbekistondagi nonushta uchun taomlarni taqdim etish vaqti keldi”, — dedi u.
O‘zbek milliy nonushtasi standartiga sutli taomlar — shirguruch, shirqovoq va sutli atala, nonlarning xilma-xil turlari, somsa, qatlama, shuningdek, meva va sabzavotlar, shirinliklar va quruq mevalar, shu jumladan, asal, murabbo va sumalak kirdi. Standart ichimliklardan shirchoyni o‘z ichiga oldi.
Izoh (0)