Rossiyaning Vologda shahridagi ishlab chiqarish bazasida arralash dastgohi o‘zbekistonlik erkakning bosh qismini kesib ketishi oqibatida voqea joyida vafot etgan. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Voqea Nikolskoye qishlog‘ida joylashgan ishlab chiqarish bazasida ro‘y bergan. Voqea guvohlariga ko‘ra, vafot etgan erkak mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etmagan. Ish beruvchini jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masala baxtsiz hodisa yuzasidan komissiya tekshiruvidan so‘ng hal qilinadi.
Izoh (0)