O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 28-dekabr kuni soat 10:00 da “O‘zbekiston24” va “O‘zbekiston” telekanallari orqali bevosita efirga uzatiladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Murojaat 2018-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar va mamlakatni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 2017-yilning 22-dekabrida ilk bor parlamentga murojaat qilgan, yig‘ilish jonli efirda namoyish etilgandi.
Izoh (0)