“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi №56 “Toshkent—Urganch” tezyurar yo‘lovchi poyezdi yo‘nalishi Xivaga qadar uzaytarilganini e’lon qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Poyezdlar “Toshkent—Janubiy” vokzalidan har seshanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari yo‘lga chiqadi.
Poyezd poytaxt vokzalidan 20:30 dan otlanib, Urganch vokzaliga 11:24 da yetib boradi. U yerdan esa 11:35 da yo‘lga chiqib, Xivaga 12:05 da kirib boradi.
№55 “Xiva—Urganch—Toshkent” yo‘lovchi poyezdi Xiva vokzalidan 13:45 da chiqib, Urganch vokzaliga 14:15 da yetib boradi. Urganchdan poytaxtga tomon 15:25 da otlanib, “Toshkent—Janubiy” vokzaliga 6:58 da yetib keladi.
Izoh (0)