Suriyaning Damashq yaqiniga Isroil tomonidan “Dalila” qanotli raketalar hujumini Rossiyaning “Pansir” zenit-raketa komplekslari qaytardi, deb yozadi “Vzglyad” nashri.
Havo hujumi oqibatida Suriyada uch nafar harbiy halok bo‘ldi. Damashq atrofiga berilgan zarbalar bir yarim soat davom etgan.
“Pansir-S2” zenit-raketa kompleksi Rossiyaning “Pansir-S” kompleksining yangilangan versiyasi hisoblanadi. “Pansir-S2” ko‘p kanalli tizimiga ega bo‘lgan raketa kuzatib, ularni urib tushiradigan kompleks. Uning “kuzatuv” ostidagi hududi 20 kilometr radiusda bo‘lib, 15 kilometr balandlikkacha yetadi.
Isroilning “Dalila” qanotli raketalari radio lokatsion tizimlarni ishdan chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Izoh (0)