Rossiya prezidenti Vladimir Putin og‘ir kasallikka chalingan Arslan Kaipkulov ismli o‘smirning orzusini amalga oshirdi. O‘smir prezidentning samolyoti haqida rolik suratga olishni orzu qilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

15 yoshli o‘smir onasi bilan Boshqirdistondan Moskvaga uchib kelgan. Moskvada 1-raqamli bort hisoblanadigan “Il-96-300” samolyotiga o‘smir uchun shaxsiy ekskursiya tashkil qilingan.

Putin 5-dekabr kuni ko‘ngillilar forumi vaqtida “Men bilan orzu qil” loyihasi bilan tanishgan. Loyiha doirasida og‘ir kasalga chalingan bolalarning orzulari amalga oshiriladi. Putin birdaniga besh nafar yosh rossiyalikning orzusini amalga oshirishga qaror qilgan.