Belgiyaning Greenyard kompaniyalar guruhi rahbari Xeyn Diprez O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xeyn Diprezning O‘zbekistonga tashrifi davomida Vazirlar mahkamasi, Tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Greenyard kompaniyalar guruhi 25 mamlakat hududida faoliyat yuritadi. Yevropaning 20 ta yirik savdo riteyllarinig 19 tasida meva va sabzavotlar sotivini yo‘lga qo‘ygan. Greenyard’ning yillik pul aylanmasi 4,2 milliard yevroni tashkil qiladi.
Izoh (0)