“Vatanparvarlik” oyligi doirasida Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurtidan harbiy xizmatchilarining 120 nafar turmush o‘rtoqlari va farzandlari “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondi Tibbiy ijtimoiy markazining terapevt, lor, akusher-ginekolog, oftalmolog, okulist, nevropotolog, endokrinolog, kardiolog, pediatr mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, deb xabar beradi jurnalist Shoxista Ortiqova.
Shuningdek, tibbiy tekshiruv davomida glyukometriya, antopometriya va ultratovush tekshiruvlari ham amalga oshirildi. Ushbu tekshiruvlar ayollar va bolalardagi mavjud bo‘lgan kasalliklarga to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yishga yordam berdi.
Izoh (0)