Mashhur matematik va Xalqaro shaxmat federasyasining faxriy a’zosi Eduard Dubov muzlab qoldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Huquq-tartibot organlarining ma’lum qilishicha, 22-dekabr kuni u qo‘l va oyoqlari muzlab, umumiy gipotermiya holatiga tushishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgan.
Politsiya marhumning shaxsini aniqlaganda, u 80 yoshli Eduard Lvovich Dubov bo‘lib chiqdi. Ayni damda hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Avvalroq ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi oldida ayol kishining muzlab, vafot etgani ma’lum qilingandi. U zahira eshigi orqali ko‘chaga chekishga chiqib, noma’lum sabablarga ko‘ra ortga kira olmagan uchun muzlab qolgan.
Izoh (0)