Britaniyalik millionerning o‘g‘li samolyot halokatga uchrashidan avval illyumenatordan tashqarini rasmga olgan. Halokat natijasida olti kishi vafot etgan. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Halokat 2017-yilining dekabr oyida sodir bo‘lgan, biroq kameraga tushgan suratlar hozir e’lon qilingan. Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, samolyot Avstraliyaning Xoksberi daryosi ustidan parvoz qilgan.
Mazkur rasmlar yordamida politsiya halokatli vaziyatni qisman tiklashga urinmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, samolyot mashhur turistik plyaj yo‘li bilan harakat qilgan. Biroq, yo‘nalishini o‘zgartirib, daryoga qulagan.
Samolyotda britaniyalik millioner 44 yoshli Richard Kazins va oilasining to‘rt nafar a’zosi bo‘lgan. Shuningdek, halokat natijasida samolyot uchuvchisi Garet Morgan ham vafot etgan.
Izoh (0)