O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi, deb xabar berdi O‘zA.
Matbuot anjumanida davlat boshqaruviga zarar yetkazib kelgan 81 kollegial organ tugatilganligi ma’lum qilindi.
Bosh prokuratura tizimi bilan bog‘liq kollegial organlar faoliyati qayta ko‘rib chiqilgan. Natijada 81 kollegial organ butunlay tugatilgan. 21 tasi qayta tashkil etilgan. Shu bilan jamiyatga foyda keltirmayotgan, aksincha, zarar keltirayotgan tuzilmalar barham topgan.
Bu boshqaruvda samarali usullarni joriy etish bo‘yicha davlat rahbari tomonidan qo‘yilayotgan talablarga mos.
Izoh (0)